Yengil vazn toifasida UFC reytingining ikkinchi raqamli jangchisi Arman Sarukyan AQSHda noodatiy vaziyatga duch keldi. Sportchi kurash va kuch sinashish ligasi (RAF) turnirida ishtirok etish uchun ketayotgan vaqtda samolyotdan tushirib yuborildi. Bu haqda bloger Adam Zubayrayev ma’lum qilgan.

Ma’lum qilinishicha, samolyot havoga ko‘tarilishga chog‘langan vaqtda Sarukyanning jamoasidan kimdir telefondan foydalangan, yana bir hamrohi esa o‘rindiq oldidagi stolchani ochiq qoldirgan. Mazkur qoidabuzarliklar sabab Arman va uning ikki do‘sti bortdan chiqarib yuborilgan.
Foto: Championat
Foto: Championat
Sarukyan 18-apreldan 19-aprelga o‘tar kechasi o‘tkaziladigan turnirda afsonaviy Yurayya Feyber bilan kuch sinashishi lozim edi. Ushbu voqea uning rejasiga qanchalik ta’sir qilishi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Arman Sarukyan MMA olamida 23 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2015-yildan buyon professional janglarda qatnashib keladi, UFC’dagi faoliyatini esa 2019-yilda boshlagan. Sportchi erkin kurash va MMA bo‘yicha sport ustasi hisoblanadi.