Qirg‘izistonda viloyat, tuman va shaharlar bosqichma-bosqich tugatilib, ularning o‘rniga 20 ta yirik okrug paydo bo‘ladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.
“Sinov tariqasida bitta okrug tuzamiz, 2-3 yil kuzatamiz. Hammasi yaxshi bo‘lsa, viloyat va tumanlarni tugatishni boshlaymiz”, dedi prezident O‘sh viloyati Nookat tumani aholisi bilan uchrashuvda.
Hozirda mamlakatda o‘nlab ma’muriy birliklar, xususan, 44 ta tuman va 33 ta shahar mavjud. Biroq Japarov bunday tuzilma ortiqcha bo‘lib, joylarda boshqaruvni murakkablashtirishini aytdi.
Islohot doirasida viloyat va tumanlardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda. Buning o‘rniga Qirg‘iziston 20 ta okrugga bo‘linadi. Japarov bu jarayon birdaniga emas, balki uzoq muddatda amalga oshishini ta’kidladi. Yangi tizimga o‘tish taxminan uch yildan to‘rt yilgacha davom etadi.
Dastlab bitta tajriba okrugi ishga tushiriladi. Uni ikki-uch yil davomida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Tajribada yangi boshqaruv modelining samaradorligi va uning moliyaviy mustaqillikka qodirligi baholanadi. Okrug o‘zini o‘zi ta’minlay olishiga alohida e’tibor qaratiladi. Agar tajriba loyihasi ijobiy natijalar ko‘rsatsa, rasmiylar eski ma’muriy tuzilmadan butunlay voz kechadi.
Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘izistonda ma’muriy islohotning birinchi bosqichida ovullar va qishloqlar birlashtirilgan edi. Ikkinchi bosqich esa viloyat va tumanlarni tugatib, okruglar tashkil etishni o‘z ichiga oladi.

.jpg)
Izohlar
Izoh qoldirish uchun, avval