Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assubayeva Kiprning Pafos shahrida bo‘layotgan Nomzodlar turnirining 13-turidan keyin g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Javohir Sindorovni g‘alaba bilan tabrikdi. Shuningdek, u muxlislar tomonidan eng ko‘p berilayotgan “Javohir bilan munosabatlaringiz qanday?” degan savolga ham javob berdi:
“Men Javohir uchun juda xursandman va u bilan faxrlanaman. Biz bir-birimizni besh yildan beri taniymiz, bir-birimizning yutuqlarimizga guvoh bo‘lib, birga ulg‘aydik. Menimcha, Javohir dunyodagi eng mehribon insonlardan biri. Uning g‘alabasidan chin dildan quvondim, u bunga to‘liq loyiq edi”, deydi Assubayeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindorovning buvisi ham ushbu munosabatlarga to‘xtalib, agar yoshlar xohlashsa, oilasi bunga rozi ekanligini ta’kidlagan edi.
Ma’lumot uchun, Sindorov Nomzodlar turniri yakunlanishiga 1 tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirdi. Sportchi 13-turdan keyin 9,5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Bibisora esa ayollar o‘rtasidagi Nomzodlar turnirda 7,5 ochko bilan chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Oxirgi tur uchrashuvlari 15-aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Assubayevga oxirgi o‘rinda ketayotgan hindistonlik shaxmatchi Diyva Deshmuh raqiblik qiladi. Sindorov esa xitoylik Vey I bilan kuch sinashadi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun, avval