Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-aprel kuni Rossiya Prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning amaldagi ijrosi muhokama qilindi. Tomonlar savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalarga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Shuningdek, Prezidentlar administratsiyalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, ta’lim, bandlik va yoshlar siyosati yo‘nalishlarida aloqalarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Suhbat chog‘ida mamlakatda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishga, shuningdek, tinch atom sohasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratilgan.

Raqamli texnologiyalar, yoshlar va axborot siyosati, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolarning tashabbuslarini rivojlantirish borasidagi oʻzaro hamkorlikni faollashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.