Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuzatilgan kuchli shamol uylar tomini uchirib yubordi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tabiiy ofat oqibatlari tasvirlangan suratlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyati hududida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida ayrim hududlarda daraxtlar qulagan, elektr uzatish havo liniyalari uzilgan hamda ayrim xonadonlarning tom qismiga zarar yetgan.


Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari”

Mazkur vaziyat yuzasidan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan tezkor chiqish brigadalari jalb etilib, ushbu oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.


Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari”
Shuningdek, kuchli shamol ta’sirida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ayrim elektr tarmoqlarida ham nosozliklar yuzaga kelgan.
Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali xodimlari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish va iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari”

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari”

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari”

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari”

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari”
Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari”

“O‘zgidromet”ning 15-aprel kuniga oid prognozlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi, ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi aytilgan edi.