Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan tomonlarni harbiy qadamlardan tiyilishga chaqirdi.
Vazirlik holat keskinlashayotganidan jiddiy xavotir bildirgan.
Oʻzbekiston tomoni barcha ishtirokchilarni harbiy-siyosiy hamda gumanitar jihatdan ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli qadamlardan tiyilishga daʼvat etgan.
“Vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va oʻzaro muloqot yoʻli bilan hal etish maqsadga muvofiq”, deyiladi TIV xabarida.
Shuningdek, bayonotda Oʻzbekiston mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning izchil tarafdori ekani va vaziyat tez fursatlarda normallashuvidan umidvorligi alohida qayd etilgan.


Izohlar
Izoh qoldirish uchun, avval