O‘zbekiston fuqarolari 2025-yilda Turkiyada qo‘lga olingan noqonuniy migrantlar orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Migratsiya boshqarmasi tegishli statistikani e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p noqonuniy migrantlar Afg‘oniston (1-o‘rin) va Suriya (2-o‘rin)hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 2024-yil bo‘yicha 65 815 nafar afg‘onistonlik , 50 641 nafar suriyalik qo‘lga olingan. 2025-yilda bu ko‘rsatkich mos ravishda 44 157 nafar va 22 515 nafarni tashkil etgan. 2026-yilning 19-fevraliga kelib Afg‘onistondan 5 372 kishi, Suriyadan esa 2361 kishi qo‘lga olingan.

O‘zbekiston bo‘yicha ko‘rsatkich

O‘zbekistonlik qo‘lga olingan noqonuniy migrantlar soni 2024-yildagi 11 521 nafardan (to‘rtinchi o‘rin) 2025-yilda 13 683 nafargacha (uchinchi o‘rin) ko‘paygan. 2026-yilning boshidan beri esa 1 437 nafar hamyurtimiz ushlangan.

Shuningdek, Turkmaniston, Eron, Iroq, Misr, Fas, Sudan va Jazoir fuqarolari ham statistikadan joy olgan. 2022-yildan boshlab qo‘lga olingan o‘zbekistonlik migrantlar (7553) soni ortiq bormoqda. Afg‘oniston bo‘yicha (115 775) esa pasayish kuzatilmoqda.

Avvalroq Turkiyadagi xorijlik kelinlar reytingi e’lon qilingan edi. O‘zbekiston ayollari tegishli statistikada Suriyadan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.