Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 76-sonli buyrug‘i bilan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida “Qalqon” patrullarini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda qayd etilishicha, patrullar talabalarni odob-axloq qoidalariga amal qilishini nazorat qilish, taʼlim tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli sport va fan to‘garaklariga jalb qilish, ularning o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning zarari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi.
Ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
- talabalar orasida xavfli xulq-atvor belgilarini barvaqt aniqlash va tegishli masʼullarga axborot berish, shu jumladan, oliy taʼlim tashkilotlaridagi profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik qilish;
- taʼlim tashkiloti maʼmuriyati, huquq-tartibot organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- taʼlim tashkiloti hududida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga ko‘maklashish.
“Qalqon” patrullari taʼlim tashkiloti rahbariyatini o‘zlari tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida xabardor qilishlari, talabalarning shaʼni, qadr-qimmati va shaxsiy hayoti daxlsizligini hurmat qilishi hamda xavfli holatlar, shubhali vaziyatlar yoki qoidabuzarliklar haqida belgilangan tartibda masʼul shaxslarga axborot berishlari belgilangan.


Izohlar
Izoh qoldirish uchun, avval